
PSJ Mbappe va yana to‘rt futbolchiga suyanadi. Ular orasida Messi va Neymar yo‘q!
Chempionlar ligasidan chiqib ketganidan keyin PSJ rahbariyati loyihani yangidan shakllantirishga qaror qildi.
Mutasaddilar yangi jamoani besh nafar futbolchi atrofida shakllantiradi.
Le Parisien nashrining yozishicha, PSJning uzoq yillik rejalariga hujumchi Kilian Mbappe, yarim himoyachi Marko Verratti, himoyachilar Nunu Mendesh va Markinos, shuningdek, darvozabon Janluiji Donnarumma kiritildi.
Jamoadagi joyi kafolatlangan futbolchilar qatoriga Lionel Messi va Neymar kiritilgani yo‘q. Demak, klub rahbariyati janubiy amerikalik yulduzlardan tez orada voz kechishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar