
PSJ futbolchilari Messi va Neymardan qutilganiga xursand
“Pari Sen-Jermen” futbolchilariga Lionel Messi va Neymar bilan bir jamoada o‘ynash ancha noqulay bo‘lgan ekan.
PSG Community tarmog‘ining xabar berishicha, parijliklarning aksariyat futbolchilari Messi va Neymar ketganidan xursand bo‘lgan.
31 yoshli Neymar PSJ safida olti yil to‘p surdi. Poytaxt klubi braziliyalik hujumchini “Barselona”dan 222 million evroga xarid qilgan va bu rekord ko‘rsatkich hali yangilangani yo‘q.
Lionel Messi esa, PSJda ikki yil to‘p tepdi. Bu yulduzlar jamoaga Evropa Chempionlar ligasining bosh sovrinini taqdim eta olgani yo‘q.
Fikrlar
Keyin tagiga boshqa narsani yozinglar