
PSJ Dibala uchun "Yuventus"ga qancha taklif qilyapti?
PSJ klubi "Yuventus" hujumchisi Paulo Dibalaning transferi bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Frantsiya chempioni 25 yoshli argentinalik futbolchi uchun turinliklarga 80 mln evro to‘lashga tayyor. Ta’kidlash lozimki, bundan avvalroq parijliklar Dibalaning o‘ziga yiliga 12 mln evro maosh to‘lashga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Dibala o‘tgan mavsum “Yuventus” safida jami 42ta o‘yinda maydonga tushdi va 10ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transfer narxi esa 85 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar