
PSJ darvozaboni yana ijaraga ketdi
PSJ darvozaboni Martsin Bulka yangi mavsumni "Nitstsa" safida ijara asosida o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “Nitstsa” 21 yoshli polshalik posbonni keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga olgan.
Bulka o‘tgan mavsumni "Kartaxen" va "Shator" klublarida ijarada o‘tkazgan edi. Uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan.
“Nitstsa” mavsumdagi ilk uchrashuvini 8 avgust kuni o‘z maydonida “Reyms”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar