
PSJ "Borussiya" Dortmund himoyachisiga qiziqib qoldi
"Borussiya" Dortmund klubi himoyachisi Rafael Gerreyru faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Paris United nashrining xabar berishicha 25 yoshli portugaliyalik futbolchi PSJning qiziqishlar doirasiga kirib qolgan. Parijliklar sport direktori Leonardo esa tez orada uning vakillari bilan uchrashishni rejalashtirgan. Aytish kerakki, Gerreyruning o‘zi ham jamoasini almashtirishga qarshi emas.
Ma’lumot uchun, Rafael Gerreyru “Borussiya D” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum 32ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 6ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transferi esa 15 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar