
PSJ "Barselona"ga 200 million evrolik taklif bilan chiqdi
Yozgi transferlar oynasida Kilian Mbappedan ayrilishini sezib turgan PSJ uning o‘rniga nomzodlar izlamoqda. "Barselona" vingeri Lamin Yamal variantlar orasida mavjud.
Insayder Luis Fojoning so‘zlariga ko‘ra, parijliklar ispaniyalik futbolchi uchun 200 million evrolik taklif bilan chiqdi. Ammo "Barsa" Yamalni sotish niyati yo‘q. Joan Laporta garchi ushbu transfer orqali moliyaviy holat ancha yaxshilanishini bilsada, yosh iste’dodni qo‘yib yuborish niyati yo‘q, deya xabar beradi "Marca" nashri.
Yamal hali 17 yoshga to‘lmagan bo‘lsa ham ushbu mavsumda ko‘rsatayotgan o‘yini orqali allaqachon jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylanib bo‘ldi. U 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urib, 7 ta assist amalga oshirdi.
Avvalroq, PSJ Mbappening o‘rniga Viktor Osimxen va Xvicha Kvaratsxeliya uchun kurashga kirishishi haqiqa mish-mishlar chiqqandi.
Fikrlar