PSJ "Barselona"dan Neymarning transferi evaziga Malkomni qo‘shib berishni so‘ramoqda

  • 6 iyul, 2019, 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi vingeri Malkom mavsumlar oralig‘ida yana Frantsiyaga qaytishi mumkin.

Tecno

La Parisien nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli braziliyalik futbolchi Neymarning transferi evaziga PSJga qo‘shib berilishi mumkin. Gap shundaki, parijliklar aynan Malkom va unga qo‘shimcha to‘lanadigan mablag‘ evaziga Neymarni “Barsa”ga berishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, “ko‘k-anor ranglilar” Malkomni bundan roppa-rosa bir yil muqaddam “Bordo”dan 40 mln evro evaziga sotib olishgan edi. U o‘tgan mavsum jami 24ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!