
Professional muaytaychimiz Bobur Tagiev chempionlik kamari uchun jang qiladi
25 fevral kuni BAAning Dubay shahrida o‘ziga xos professional muaytay kechasi tashkil etiladi. UAM promousheni tomonidan tashkil qilinayotgan, ushbu jang kechasida hamyurtimiz Bobur Tagiev ham ringga ko‘tariladi.
U eski tanishi frantsiyalik Valentin Tibaut bilan jang qiladi. Ular 2021 yilning iyun oyida ham to‘qnash kelgan va unda hamyurtimiz g‘alaba qozongan edi. Bu o‘ziga xos revansh jangi bo‘lib, o‘rtaga WMC International kamari tikilgan.
Ushbu qarama-qarshilik 69.85 kg vazn toifasida o‘tkazilib, 3 minut va 5 raunddan iborat bo‘ladi. O‘ylaymizki, hamyurtimiz bu safar ham g‘alaba qozonib, yurtimizga chempionlik kamari bilan qaytadi. Bu borada unga omad tilaymiz!
Fikrlar