Pro-liga. Tabloga qara, Karl yoxud "Yangier" o‘z uyida "Zomin"ni mag‘lub etdi

  • 12 avgust, 2022, 19:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro-liga 15-turidan o‘rin olgan "Yangier" - "Zomin" uchrashuvi yakunlandi. Unda mezbonlar kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Tecno

Maydon egalari safida yagona golga Jahongir Abdusalomov mualliflik qildi. Mehmonlar bu bahsda gol ura olmadi.

Mazkur natijadan so‘ng "Yangier" ochkolari sonini 20 taga etkazib, 5-o‘ringa chiqib oldi. "Zomin" hisobida 6 ochko mavjud bo‘lib, jamoa  so‘nggi pog‘onani band etgan.

Yana bir e’tiborli tomoni mazkur o‘yin bo‘lib o‘tgan stadionning holati. Baholash uchun birgina tablo aks etgan surat etarli bo‘ladi, bizningcha.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!