
Pro-liga. Bir kishi kam qolgan "Andijon" so‘nggi daqiqada urilgan gol evaziga "Turon"ni mag‘lub etdi
Pro-liga 6-turidan o‘rin olgan "Turon" - "Andijon" uchrashuvi yakunlandi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab Shahboz Erkinov penaltidan hisobni ochdi. Keyinchalik Humoyun Murtazoev muvozanatni tikladi. 90+2-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Ildar Mamatkazin yana andijonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.
Shu tariqa, "Andijon" ochkolari sonini 11 taga etkazib, 3-o‘ringa chiqib oldi. "Turon" hisobida 12 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 2-pog‘onani band etgan.
Fikrlar