
Pro-liga 1-davra uchrashuvlaridan so‘ng to‘purarlar ro‘yxati bilan tanishing (foto)
Pro-ligada 1-davra yakuniga etganidan xabaringiz bor. Oxirgi 9-turda ham tomoshabinlar bir-biridan qiziq uchrashuvlar guvohi bo‘ldi.
Ushbu tur yakuniga etgach, O‘zPFL matbuot xizmati musobaqa to‘purarlar jadvalini taqdim etdi. Unga ko‘ra, "Buxoro" vakili Ro‘zim Ahmedov 7 ta gol bilan etakchi bo‘lib turibdi. "Turon" futbolchisi Humoyun Murtazoev hisobida 6 ta gol mavjud va u jadvalda 2-o‘rinni band etgan.
"Mash’al" hujumchisi Mikolo Agapov, "Xorazm" a’zosi Shahzod Beshimov va "Andijon" hujumchisi Shahboz Erkinov hisobida bir xil 5 tadan gol mavjud. Ular hozircha jadvalda keyingi o‘rinlarda kelmoqda.
Fikrlar