
Prevyu. "Andijon" "Metallurg"ni qachon yutgandi?
“Andijon” Superliganing 7-turida Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida mezbon sifatida Bekobodning “Metallurg” klubini qabul qiladi.
Jamoalarning o‘zaro o‘yinlar statistikasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, shu paytgacha 40 ta bellashuvda maydonga tushishgan. 12 ta o‘yinda “Andijon” g‘alaba qozongan. “Metallurg”ning esa 17 ta bahsda qo‘li baland kelgan. Yana 11 ta bellashuv durang bilan yakunlangan. To‘plar nisbati 56\67 “Metallurg” foydasiga.
“Andijon” – “Metallurg” klublari oxirgi bor 2021 yili Superligada to‘qnash kelishgan. Ikkalasida ham bekobodliklar g‘olib chiqqan. “Metallurg” o‘z maydonida 2:0, safarda 1:2 hisoblarida ustun kelgan. “Andijon” so‘nggi bor bu raqib ustidan 2019 yilgi chempionatda g‘alaba qozongan. O‘shanda Bekobodda bo‘lib o‘tgan bahsda andijonliklar javobsiz 2 ta gol evaziga 3 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Andijon” o‘z maydonida “Metallurg”ni so‘nggi bor 2015 yilgi mavsumda enggan. O‘shanda 1:0 natijasi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, "Andijon" - "Metallurg" uchrashuvi 24 aprel kuni soat 17:00 da boshlanadi.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar