Prevyu. "Andijon" - "Surxon"

  • 3 avgust, 2023, 13:06
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

4 avgust kuni “Andijon” “Bobur Arena”da Termizning “Surxon” klubini qabul qiladi. Ushbu klublarning o‘zaro o‘yinlar tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, O‘zbekiston chempionatlari davomida jamoalar o‘zaro 31 marotaba to‘qnash kelishgan. Ustunlik “Andijon” tarafida. Boisi, 16 ta bahsda “Burgutlar” g‘alaba qozongan. “Surxon” esa 10 ta uchrashuvda ustun kelgan. Bundan tashqari, yana 5 ta uchrashuvda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati 57\38 “Andijon”ning foydasiga.

Tecno

Bu yil birinchi davrada Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadionida “Surxon” mezbonligi ostidagi bahsda 1:0 hisobida termizliklar g‘olib chiqishgan. 2021 yilgi mavsumda “Andijon” “Bobur Arena”dagi ochilish o‘yinida “Surxon”ni 1:0 hisobida taslim qilgan. Shuningdek, o‘zaro uchrashuvlarning 5 tasida “Andijon” mazkur raqibini yirik hisoblarda mag‘lubiyatga uchratgan. Jumladan, 3:0, 5:1, 6:2, 4:0, 5:0 hisoblar qayd etilgan. Shu bilan birga bir marta 4:4 hisobida jangovar durang ham kuzatilgan.

Navbatdagi bahs esa “Andijon” va “Surxon” klublarining o‘zaro 32-to‘qnashuviga aylanadi.

“Andijon” matbuot xizmati.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ал хилол
03/08/2023 20:04
Уйнашмагин арбоб билан,арбоб урар хар боб билан.
&
jamolidin
03/08/2023 13:39
surxon soladi bu qola ham olg'a surxon