Premer-liganing eng qimmatbaho klubi aniqlandi

  • 29 aprel, 2020, 18:52
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Liverpul menejment maktabi (ULMS) Angliya Premer-ligasining qimmatbaho jamoalari reytingini aniqladi. Unga ko‘ra, Londonning "Tottenxem Xotspur" jamoasi liganing eng qimmatbaho klubi deb topildi. "Shporlar" 2,5 mlrd funtga baholangan.

Tecno

Bu borada kuchli uchlikni "Manchester Siti" (2,2 mlrd) va "Manchester Yunayted" (2,1 mlrd) jamoalari yakunlashgan.

"Tottenxem" 2018/19 yilgi mavsumda EChL finaliga chiqdi, APLda kuchli to‘rtlikdan o‘rin oldi. Qolaversa, maoshlar borasida ham "kuchli oltilik"dagi jamoalar orasida kamtarona raqamlarga ega klub sanaladi.

Shu tariqa, ular klubning reytingdagi mavqeiga ta’sir ko‘rsatadigan katta daromadga erishdilar", - dedi ushbu tadqiqotni olib borgan ULMS mutaxassisi Kiran Maguayr.

O‘tgan mavsum londonliklarning daromadi 21 % ga o‘sdi. Klub esa o‘z byudjetining 39 % ni maoshlarga sarflaydi. Taqqoslash uchun "Lester" o‘z byudjetining 84 foizini futbolchilarninog maoshlarini to‘lashga qaratadi.

Qolaversa, "shporlar" yangi futbolchi sotib olish uchun 22 mln funt ishlatdi xolos. Yangi stadionning qurilishi jamoaning qiymatini oshirishda katta rol o‘ynaydi.

Bir yil oldin jamoa ushbu reytingda 1,8 mlrd funt bilan 3-o‘rinni egallab turgan edi. 

APLdagi eng qimmatbaho 10 klub

1. "Tottenxem" – 2,5 mlrd funtov

2. "Manchester Siti" – 2,2 mlrd

3. "Manchester Yunayted" – 2,1 mlrd

4. "Liverpul" – 1,5 mlrd

5. "Arsenal" – 1,3 mlrd

6. "Chelsi" – 1,2 mlrd

7. "Vulverxempton" – 458 mln

8. "Nyukasl" – 387 mln

9. "Bernli" – 350 mln

10. "Lester" – 304 mln.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Нодирбек жовлиев
29/04/2020 20:00
Тотинхим ҳозир 8 ӯринда бормоқдами