
Poytaxtmizda sambo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi
Joriy yilning 29 yanvar - 4 fevral kunlari poytaxtimizdagi "Jar" sport majmuasida yoshlar va qizlar, o‘smirlar va o‘smir qizlar, erkaklar va ayollar o‘rtasida jangovar sambo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.
Unda Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan sportchilar milliy terma jamoaga a’zo bo‘lish hamda sambo bo‘yicha Osiyo va jahon chempionatlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun kurash olib borishadi.
29 yanvar kuni ishtirokchilarni ro‘yxatga olish va vazn tortish marosimlari o‘tkazilsa, 30 yanvar kuni dastlabki bellashuvlarga start beriladi.
Fikrlar