
Portugaliya bosh murabbiyi Ronalduning "Al-Nasr"ga o‘tayotgani haqidagi xabarlarga javob qaytardi
Bugun matbuotda Krishtianu Ronaldu bir oydan so‘ng "Al-Nasr" klubi futbolchisiga aylanishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Portugaliya – Shveytsariya uchrashuvidan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida portugaliyaliklar ustozi Fernandu Santush shu mavzuda berilgan savol berdi.
“Men bu haqda Ronaldu bilan gaplashmadim. Biz bugun futbolchilar bilan muloqot qildik, ammo menda bunday ma’lumot yo‘q edi. Bu yangilikni men bu erga kelganimdagina bildim. Bu uning qarori, uning tanlovi. Biz bor e’tiborimizni jahon chempionatiga qaratganmiz va bu haqda u bilan gaplashdik”, - dedi Santush.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini bekor qilgan edi.
Fikrlar