
Polvonlarimiz “Arnold klassik” turnirida ishtirok etmoqda
Bugun Ogayo shtatining Kolumbus shahrida bahodirlar o‘rtasida katta sport festivali bo‘lib o‘tadi. Polvonlar o‘rtasida o‘tadigan “Arnold klassik” turnirida 4 martgacha davom etadi va bunda dunyoning turli burchaklaridan ishtirokchilar tashrif buyurishadi.
Unda besh nafar polvon – Hamza Primov, G‘iyosiddin Ahmedov, Shuhratjon Alixonov hamda ayollardan Olesya Gurueva yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Eslatib o‘tamiz, sportchilarimiz dekabr oyida BAAning Dubay shahrida bahodirlar o‘yini bo‘yicha navbatdagi jahon kubogida ushbu turnirga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar