
Polsha Meksika bilan durang o‘ynadi. Levandovski penaltidan gol ura olmadi
Jahon chempionatining "S" guruhi doirasidagi Meksika va Polsha jamoalari o‘rtasidagi o‘yin nihoyasiga etdi. Mazkur uchrashuvda jamoalar 0:0 hisobida nursiz durangga imzo chekdi.
Polshaliklar hujumchisi Robert Levandovski 55-daqiqada penaltidan foydalana olmadi. Meksika terma jamoasi darvozaboni Ochoa uning tepgan to‘pini qaytarishga erishdi.
Fikrlar