
Pogba katta puldan voz kecha oladimi?
Frantsiyalik yarim himoyachi Pol Pogbani yangi shartnomaga ko‘ndirish maqsadida “Manchester Yunayted” rahbariyati unga klub tarixida hech kimga berilmagan maosh va’da qilmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, manchesterliklar Pogbaga yangi shartnoma bo‘yicha haftasiga 400 ming funt to‘lashga tayyor. Agar u kelishuvni imzolasa klub tarixida eng ko‘p maosh oladigan futbolchiga aylanadi.
Ayni paytda “Manchester Yunayted”da eng katta maoshni ispaniyalik darvozabon David de Xea olmoqda. Klub uning xizmatlari uchun haftasiga 375 ming funt to‘layapti.
Pogbaning klub bilan shartnomasi mavsum yakunlanishi bilan tugaydi. Mohir yarim himoyachini “Real” kelasi yozda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, PSJ esa Pogbani Frantsiyaga qaytarish uchun haftasiga 600 ming evro maosh berishga tayyorligini aytgan.
Fikrlar