Pogba: Frantsiya dunyoning eng zo‘r terma jamoasi emas

  • 8 sentabr, 2021, 10:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Pol Pogba terma jamoasining so‘nggi o‘yinlardagi qayd etayotgan natijalari haqida fikr bildirib o‘tdi.

Tecno

"Frantsiya tarkibida g‘alaba qozonganimga ancha bo‘ldi. Men o‘sha damlarni sog‘indim, hammamiz sog‘indik.

Biz endi dunyoning eng zo‘r jamoasi emasmiz. Biz hamma narsani o‘zgartirishimiz va tajovuzkor bo‘lishimiz kerak. Biz ko‘proq ter to‘kishimiz va o‘yinga ko‘proq ishtiyoq bildirishimiz kerak, tamom", – dedi Pogba.

Ma’lumot uchun, Frantsiya terma jamoasi so‘nggi marta Evro-2020 guruh bosqichining ilk turida Germaniyani (1:0) mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!