Pogba dunyoning eng mashhur gazetalaridan birini sudga berdi

  • 26 oktabr, 2020, 22:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Britaniyaning dunyoga mashhur The Sun nashri "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogba Frantsiya terma jamoasida boshqa o‘ynamasligi haqida xabar tarqatgan edi.
 
Frantsiyalik futbolchi o‘zi haqida yolg‘on ma’lumot yozilgani uchun ushbu nashrni sudga bergan. Bu haqda uning o‘zi instagramdagi sahifasida ma’lum qildi.
 
“The Sun yana shunday ish qildi. Ular men haqimda 100% asossiz xabarlarni chop etdi. Ular doim men hech qachon aytmagan yoki o‘ylamagan narsalarni e’lon qiladi. OAVning ayrim "manbalari" mendan foydalangan holda Frantsiya uchun nozik mavzularda yolg‘on xabarlar chiqarmoqda. Men yolg‘on yangiliklar chop etuvchilarni sudga berdim", - dedi Pogba.
 
Bundan avvalroq, Pogba Frantsiya prezidenti Emmanuel Makronning islom dini haqida gapirgan nojo‘ya gaplari uchun terma jamoada boshqa o‘ynamaslikka qaror qilgani haqida xabar berilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!