
Pirlo murabbiylik faoliyatini qachon boshlashini aytdi
Italiyalik afsonaviy futbolchi Andrea Pirlo joriy 2019 yilning o‘zidayoq murabbiylik faoliyatini boshlashi mumkin.
“Futbolni sog‘inyapman. Menga faoliyatimni yakunlashim uchun eng ma’qul paytni tanladim. O‘yinlardan charchagan paytim tugatish vaqti kelganini tushunib etdim. Hozir televideniyada ekspertlik qidyapman, ammo o‘zimga ham vaqt ajratyapman. Do‘stlarim, oilam bilan birga bo‘lishni yaxshi ko‘raman. Bundan tashqari murabbiylik kurslariga qatnayapman. Sentyabrda so‘nggi litsenziyamni olaman va shundan so‘ng ish boshlashim mumkin”, - deydi Pirlo.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda Pirlo “Yuventus”ning yoshlar jamoasini boshqarishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Pirlo faoliyati davomida "Breshiya", "Inter", "Rejina", "Milan", "Yuventus" va "Nyu-York Siti" kabi klublarda to‘p surgan.
Fikrlar