Petr Segrt: "Osiyo Kubogi davomida men va yordamchilarim qiziqarli takliflar oldik, biroq..."

  • 26 mart, 2024, 15:19
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tojikiston milliy terma jamoasi bilan Osiyo Kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etgan va o‘z nomini tarixga yozdira olgan xorvatiyalik murabbiy Petr Segrt iste’foga chiqqanini bilsangiz kerak. Uning yangi ish joyi ko‘pchilikni qiziqtirmoqda. Yaqinda Sports.uz saytiga bergan intervyusida u kelajagi borasidagi savolga ham javob berib o‘tdi.

Tecno

- Milliy terma jamoa murabbiyi bo‘lish uchun senda quyidagi xislatlar bo‘lishi kerak: yuqori darajadagi mashg‘ulot o‘tkazish bilimi, taktik bilim, aniq futbol falsafasi, futbolchilar o‘rtasida bog‘lam hosil qila olish tajribasi bo‘lishi kerak. Eng muhimi, murabbiy oldidagi katta vazifa odamlar, jamoa ichida o‘ziga yarasha “garmoniya”ni topib olish. Jamoani, millatni bir yoqadan bosh chiqarib bir yo‘nalishda birlashishi uchun qaysidir ma’noda shu narsani topishi kerak. Maldiv, Afg‘oniston va ulardan oldingi joylarda ishlaganimdek Tojikistonda ham shu narsalar sodir bo‘ldi. Bu qiyin vazifa. Sizga nafaqat futbolni tushunadigan, balki mamlakat madaniyati, odamlarni va mamlakat futbolini yaxshi tushuna oladigan murabbiy kerak bo‘ladi.

Kelajagim nima bo‘lishini hozircha aniq belgilab olganim yo‘q. Hozir ham shaxsiy oilaviy muammolarim bilan bandman. Osiyo Kubogidan keyin hech qaysi terma jamoa yoki klub bilan gaplashmadim. Osiyo Kubogi davomida men va yordamchilarim qiziqarli takliflarni oldik. Biroq hech kim bilan bir soniyaga gaplashishga, muzokara o‘tkazishga vaqt ajratmadim. Chunki Tojikiston termasining muvaffaqiyatini xavf ostiga qo‘ygim kelmadi. Yordamchilarimga va futbolchilarimga ham fokusni yo‘qotmaslikni, bor e’tiborni Tojikiston bilan muvaffaqiyatga erishishga qaratishini ta’kidladim. Murabbiylar va o‘yinchilar mening ushbu qarorimni hurmat bilan qabul qilishdi, bunga amal qilishdi. Albatta, hozir boshqacha vaziyat. Bu mening o‘zligim va mening xarakterim. Kimgadir o‘zimni kerak deb his qilsam, albatta kerakli qarorni qabul qilaman", - deydi Segrt.

http://"O‘zbekiston sovrinlarga juda yaqin edi, zamonaviy futbol bitta qahramonning shousi emas" - "Eynshteyn" Tojikistondan nega ketganini bilasizmi? U SPORTS.UZ saytiga intervyu berdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!