
Perluiji Kollina barcha davrlarning eng yaxshi hakami, deb topildi
Italiyalik referi Perluiji Kollina France Football nashri talqiniga ko‘ra, barcha davrlarning eng yaxshi hakami deb topildi.
Kollina qatorasiga 6 yil (1998-2003) dunyoning eng yaxshi hakami bo‘lgan. U 1988-2005 yillarda referilik faoliyatini olib borgan. Kollina ayni damda UEFA hakamlar qo‘mitasi rahbari hisoblanadi.
Kollinadan tashqari eng yaxshi hakamlar qatorida Ken Aston (Angliya), Mishel Votro (Frantsiya), Markus Merk (Germaniya), Charlz Korver (Niderlandiya), Mayk Din (Angliya), Ian Fut (Shotlandiya), Ali Bin Nasser (Tunis), Stefani Frappar (Frantsiya) va Xovard Uebb (Angliya) kabi referilarning ham nomlari keltirilgan.
Fikrlar