Peres Anchelottiga ishonmayapti. Uning o‘rniga kim keladi?

  • 7 fevral, 2022, 17:39
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti mavsum so‘nggida iste’foga chiqarilishi mumkin. Madridliklar prezidenti Florentino Peres italiyalik mutaxassisning ishidan qoniqmayapti. Bu haqda El Nacional nashri yozmoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, Peres "qirollik klubi"ga Germaniya terma jamoasi sobiq murabbiyi Yoaxim Lyovni olib kelmoqchi. Tomonlar tez orada muzokoralarga kirishadi. 

Ta’kidlab o‘tamiz, Lyov so‘nggi yillarda ispan tilini o‘rganayotgan edi. "Real" ayni damda 53 ochko bilan La Ligada peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!