Pepe Reyna "Yuventus"ga o‘tishi mumkin

  • 24 iyun, 2019, 16:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" klubi darvozaboni Pepe Reyna joriy yozgi transferlar davrida "Yuventus"ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Salciomercato nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra “keksa sinora”ning yangi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri 36 yoshli ispaniyalik posbonni jamoaning ikkinchi darvozaboni Mattia Peringa munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda.

Eslatib o‘tamiz, Reyna avval “Napoli”da aynan Sarri qo‘l ostida to‘p surgan.

Ma’lumot uchun, Pepe Reyna o‘tgan mavsum “Milan” safida 12ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 15ta gol o‘tkazib yubordi. Uning transferi esa 1 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!