Pepe Reyna "Milan" bilan xayrlashdi

  • 12 yanvar, 2020, 10:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyalik darvozabon Pepe Reyna yaqin vaqtlar ichida "Aston Villa" futbolchisiga aylanadi. Ispaniyalik futbolchi "Villa Park" mezboni sifatida mavsum so‘nggigacha to‘p suradi.

Tecno

Xabarlarga ko‘ra, darvozabon ijara asosida APLda to‘p suradi. Shuningdek, ingliz klubida futbolchini sotib olish imkoniyati ham shartnomaga kiritilgan.

Reyna o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida - "iyulda ko‘rishguncha "Milan", rahmat", - deya post qoldirdi.

"Milan"da Ispaniyalik futbolchining o‘rnini Asmir Begovich egallashi kutilmoqda. Mavsumning o‘tgan davri mobaynida Reyna A Seriyada bitta o‘yinda maydonga tushgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!