"Pekin-2022" Olimpiya shaharchasining qurilishi iyunda yakunlanadi

  • 8 fevral, 2021, 10:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

“Pekin-2022″ Tashkiliy qo‘mitasi bo‘lajak qishki Olimpiya o‘yinlarining bir necha hal qiluvchi ob’ektlarida qurilish ishlari nihoyasiga etganligini ma’lum qildi. Shuningdek, musobaqalar qatnashchilari yashaydigan Olimpiya shaharchasi foydalanishga topshirilishining muddati ham aytildi.

Tecno

Hozirning o‘zida Milliy konkida yugurish markazi, figurali uchish va short-trek musobaqalari o‘tkaziladigan Pekindagi Davlat sport saroyi, kyorlingchilarni qabul qilib oladigan Milliy suzish majmuasi foydalanishga topshirilgan. 2022 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari uchun mo‘ljallangan yana 13 ob’ektda qurilish ishlari davom etmoqda.

Olimpiya shaharchasida 2300 sportchi va rasmiy delegatsiyalar a’zolari joylashadi. Tashkiliy qo‘mita ushbu ob’ektdagi qurilish ishlari iyunda yakunlanishini mo‘ljallamoqda. Boblsey, chana va skeletonchilarning bahsini Pekindan 86 kilometr uzoqlikdagi Yanitsin qabul qiladi.

Chang‘i sporti, snoubord va biatlon vakillari Olimpiada medallari uchun kurashni Pekindan 193 kilometr masofada joylashgan Chjantszyakoudagi markazda olib boradilar. Tashkilotchilar ular uchun ham Olimpiya shaharchasi barpo etmoqdalar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!