"Paxtakor"ning yangi murabbiyi o‘tgan mavsumda qanday natijalar qayd etgan?
Toshkentning "Paxtakor" klubi bugun jamoaning yangi murabbiyini e’lon qildi. Ushbu lavozimga portugaliyalik mutaxassis Pedro Moreyra tayinlandi.
49 yoshli murabbiy ko‘p yillar davomida hozirda "Milan"da ishlayotgan Paulo Fonsekaning yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan.
Moreyra o‘tgan mavsum qisqa muddat davomida portugaliyaning "Kaza Piya" klubini boshqargan.
Mutaxassis qo‘l ostida jamoa umumiy 11 ta bahs o‘tkazgan. Ushbu davr davomida "Kaza Piya" uchta g‘alaba, bir durang va etti bellashuvda imkoniyatni boy bergan. Ikki oydan ko‘proq muddatda jamoaga ustozlik qilgan murabbiy 21-turdan so‘ng o‘z o‘rnini boshqa hamkasbiga topshirdi.
Moreyra 11 oylik tanaffusdan so‘ng "Paxtakor" jamoasida faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.
Fikrlar