"Paxtakor"ning yangi bosh murabbiyi ma’lum. U bilan dushanba kuni shartnoma tuzilishi kutilmoqda

  • 8 yanvar, 2022, 22:45
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, “Paxtakor” klubida bosh murabbiy o‘zgaryapti. Bir necha yildan beri “Paxtakor” murabbiylar shtabida ishlagan va o‘tgan mavsumda bosh murabbiylik qilgan Piter Xyuistra bilan shartnoma uzaytirilmagach, u klubni tark etdi.

Tecno

Ayni paytda klub rahbariyati uning o‘rniga keladigan yangi murabbiy bilan muzokaralarni o‘tkazyapti va bu jarayon deyarli ijobiy hal bo‘lib ulgurgan.

Ma’lum bo‘lishicha, “Paxtakor”ni makedoniyalik 48 yoshli mutaxassis Slavche Voyneski boshqaradi. Klub sport direktori Ja’far Irismetovning Sports.uz saytiga aytishicha, makedoniyalik murabbiy bilan dushanba kuni shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

U Slovakiya, Makedoniya, Turkiya chempionatlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!