"Paxtakor"ning Turkiya yig‘ini doirasidagi raqiblari ma’lum

  • 26 dekabr, 2024, 13:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor"ning Turkiyadagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari davomidagi raqiblari ma’lum. Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, hozircha 6 ta jamoa bilan o‘yin bo‘yicha shartnoma imzoladi. Pedru Moreyraning rejasiga ko‘ra 9 taga yaqin o‘yin o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi kerak.

Tecno

Aniq bo‘lgan raqiblar bilan tanishtirib o‘tamiz:

8 yanvar. "Unirya Sloboziya" (Ruminiya)
12 yanvar. "Dinamo" (Xorvatiya)
15 yanvar. "Karvina" (Chexiya)
18 yanvar. "Elimay" (Qozog‘iston)
26 yanvar. "Aktobe" (Qozog‘iston)
28 yanvar. "Sileks" (Shimoliy Makedoniya)

Selektsiya ishlariga keladigan bo‘lsak, bugungacha 2 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzolandi. Murabbiy mahalliy kadrlardan kelib chiqib amplualar bo‘yicha xorijlik hamkorlari bilan ishlashda davom etadi. Qolaversa, yana sifatli legionerlar kelishi rejalashtirilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!