CHERY AUTO

"Paxtakor" matbuot xizmati jamoaning Chempionlar Ligasidagi to‘purarlar ro‘yxatini ma’lum qildi.

Tecno

Chempionlar Ligasi-2023/24 mavsumi boshlanishidan avval "sherlar"ning ushbu musobaqadagi to‘purarlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

Hozirga qadar Zayniddin Tojiev ushbu turnirda toshkentliklar safida eng ko‘p gol muallifiga aylangan - 13ta. Igor Sergeev hisobida esa 12 gol mavjud. Anvar Soliev 9, Server Jeparov 8, Leonid Koshelev, Odil Ahmedov va Dragan Cheran hisobiga esa 7 tadan to‘p yozilgan. Quyida ushbu musobaqada "Paxtakor" uchun 3 va undan ko‘p gol urgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing.

13 - Zayniddin Tojiev
12 - Igor Sergeev
9 - Anvar Soliev
8 - Server Jeparov
7 - Leonid Koshelev, Odil Ahmedov, Dragan Cheran
5 - Aleksandr Geynrix
4 - Temurxo‘ja Abduxoliqov, Marat Bikmaev, Sherzod Karimov, Jaloliddin Masharipov
3 - Dilshod Sharofetdinov, Stanislav Andreev, Gochguli Gochguliev, Kaxi Maxaradze, Eren Derdiyok.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!