
"Paxtakor"ning "Metallurg"ga qarshi o‘yinlarida kim eng ko‘p gol urgan?
Xabaringiz bor, bugun Superliganing 4-turida "Paxtakor" safarda "Metallurg"ga qarshi bahs olib boradi. Bekobodliklarga qarshi o‘yinda "sherlar" safida eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchilar ro‘yxatini Igor Sergeev boshqarib turibdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, Sergeev bekobodliklar darvozasini 9 marta ishg‘ol qilishga erishgan. Anvar Soliev hisobida 8 gol mavjud. Server Jeparov esa 6 bor to‘p kiritgan. Shuningdek, "Metallurg"dan Dilmurod Karimov ham jamoamiz darvozasiga shuncha gol urgan. Bekobod jamoasidan Ruslan Vagapov va Zohid Abdullaev hisobida uchtadan gol bor.
"Metallurg" bilan o‘zaro o‘yinlar to‘purarlari
9 - Igor Sergeev
8 - Anvar Soliev
6 - Server Jeparov, Dilmurod Karimov
5 - Igor Shkvirin, Aleksandr Geynrix, Bahodir Pardaev, Dragan Cheran
4 - Azamat Abduraimov, Leonid Koshelev, Ismael Gonsalvesh.
Fikrlar