"Paxtakor"ga qarshi o‘yindan so‘ng "Sharja" bosh murabbiyi matbuot anjumanida ishtirok etdi

  • 24 aprel, 2021, 16:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 4-turi doirasidagi "Paxtakor" - "Sharja" uchrashuvidan (1:1) so‘ng, BAA klubi bosh murabbiyi Abdulaziz Al-Anbari matbuot anjumanida ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

"Paxtakor"ga o‘xshash to‘p nazoratini xush ko‘ruvchi jamoalarga qarshi o‘yinlar qiyin o‘tadi. 

Ochig‘ini tan olib aytishim kerak, birinchi bahs natijasiga ishonib qolgan ko‘pchilik futbolchilarim o‘zlarining normal holatidan ham past o‘yin namoyish etdi. Xayriyatki, yakunda natija bizni qoniqtiradigan darajada bo‘ldi. Biz o‘z kuchimizga ishonib qoldik: sababi, milliy chempionatimizda deyarli finishga yaqinlashdik. "Paxtakor" esa endi 6 ta bahsda maydonga tushdi. 

Men zaxiradan qo‘shilgan futbolchilarning harakatlaridan mamnunman. Bunday turnirlarda asosiy tarkibdagi futbolchilar katta rol o‘ynaydi. Ular 100 foiz tayyor bo‘lgan holda o‘yinlarga etib kelmoqda va men bundan xursandman", - dedi Alg‘Anbari. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!