“Paxtakor”ga gol urgan futbolchi aynan Shota Arveladze jamoasiga o‘tmoqda

  • 18 dekabr, 2020, 15:05
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Mash’al” futbolchisi Sherzod Temirov Toshkentning “Paxtakor” klubiga transfer qilindi. Bu haqda muborakliklar matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, ayni damda Temirov tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda. Yarim himoyachi bunga qadar “Nasaf”, “Sho‘rtan” klublarida to‘p tepgan. U “Mash’al”ga ushbu mavsumda boshida kelib qo‘shilgan edi.

Sherzod Temirov “gazchilar” tarkibida 24 uchrashuvda maydonga tushib, 1815 daqiqa harakat qilgan. Uning hisobida bitta gol bor. O‘sha golni aynan “Paxtakor” jamoasiga urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!