"Paxtakor" "Surxon"ga qarshi o‘yindan so‘ng chempionlik bayramini nishonlaydi

  • 5 noyabr, 2021, 06:11
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirga qadar jamoalar chempionatlar doirasida 29 bahsda to‘qnash kelgan. Ularning 23 tasida "Paxtakor", 5 tasida "Surxon" zafar quchgan. Bir marta durang natija qayd etilgan. Raqib darvozasini 96 marta ishg‘ol qilgan "sherlar" 26 to‘p o‘tkazib yuborgan.

Tecno

Toshkentdagi 14 to‘qnashuvning 13 tasida "Paxtakor", bittasida "Surxon" g‘alaba qozongan. "Sherlar" Toshkentda 13 g‘alabadan 10 tasida yirik hisobda zafar quchganlar. O‘z maydonimizda gol urish borasida ko‘rsatkichlar 61:9 ni tashkil qiladi.

O‘zaro bahslardagi eng yirik natija 2004 yilda kuzatilgan. O‘shanda "Paxtakor" termizliklarni 8:0 hisobida dog‘da qoldirgan. "Surxon"ning Toshkentdagi yagona g‘alabasi 1994 yil qayd etilgan.

"Paxtakor" va "Surxon" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 6 noyabr, shanba kuni soat 17:00 da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

"Surxon"ga qarshi o‘tkaziladigan bellashuvdan so‘ng "Sherlar" joriy mavsum chempionatdagi katta g‘alabani muxlislar bilan birga nishonlashadi. Stadionga tashrif buyurgan ishqibozlar estrada yulduzlarining chiqishlariga guvoh bo‘lib, yutuqli ijtimoiy aktsiyada ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

Barcha muxlislarni 6 noyabr kuni "Paxtakor" stadioniga chorlaymiz.

“Paxtakor” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!