
"Paxtakor" legioneri boshqa klub bilan shartnoma imzoladi
"Paxtakor" himoyachisi Iliya Martinovich faoliyatini boshqa chempionatda davom ettiradi.
Futbolchi Bosniya va Gertsegovina chempionati vakili "Saraevo" klubi tarkibiga borib qo‘shildi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar tarqatdi. U toshkentliklar safiga iyul oyida Ukrainaning "Chernomorets"idan kelgandi.
28 yoshli Iliya "sherlar" libosida 7 uchrashuvda maydonga tushib, O‘zbekiston Superligasi chempionligini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar