"Paxtakor" 4 ta nazorat o‘yini orqali Turkiyadagi yig‘inini yakunladi. Navbat Supurkubokka!

  • 20 fevral, 2022, 16:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sherlar"ning Belek shahrida 15 kun davom etgan yig‘ini nihoyasiga etdi. Klub matbuot xizmatining yozishicha, jamoa a’zolari bugun kuni Toshkentga qaytib keladi.

Tecno

Bosh murabbiy Slavche Voyneski ushbu yig‘inda asosiy tarkibdagi barcha futbolchini ko‘zdan kechirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Yanvar oyidagi yig‘inda milliy terma jamoaga jalb etilgan o‘yinchilar ishtirok etishmagandi. Bu safargi tashkil etilgan nazorat o‘yinlari orqali esa jamoaviy o‘yinni va o‘zaro tushunish darajasini yaxshilashga e’tibor berildi.

"Paxtakor"ning nazorat o‘yinlarida quyidagi natijalar qayd etildi:

"Minay" (Ukraina) - 1:0
"Ufa" (Rossiya) - 1:1
"Dinamo" (Gruziya) - 0:3
"Dinamo" (Ukraina) - 0:0

Yangi mavsumni "Paxtakor" 27 fevral kuni Yaypanda "Nasaf"ga qarshi o‘tadigan O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvi bilan boshlaydi. Superliganing ilk turida esa "Sherlar" 3 mart kuni Samarqandga safar qiladi va "Dinamo"ga qarshi maydonga tushadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!