"Paxtakor" - "Lokomotiv" uchrashuvidagi 7:1 natijasi, eng yaxshi to‘purarlar va boshqa ma’lumotlar

  • 24 avgust, 2020, 10:59
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 12-turida "Paxtakor" Toshkent derbisida "Lokomotiv" bilan maydonga tushadi. Klub matbuot xizmati uchrashuvga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

Tecno

Jamoalar safida diskvalifikatsiya bilan bog‘liq yo‘qotishlar mavjud emas. Shu sababli oxirgi yillarda keskin ruhda o‘tayotgan derbida jamoalar bor imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin.

Chempionatlar tarixida jamoalar jami 32 bor to‘qnash kelgan. Ularning 18 tasida "Paxtakor" g‘alaba qozongan. 8 bellashuvda durang natija qayd etilib, 6 marta "Lokomotiv" ustun kelgan. Raqib darvozasiga 65 gol urgan "sherlar" 31 to‘p o‘tkazib yuborgan. 2006 yil o‘zaro o‘yinlar tarixidagi eng yirik natija kuzatilgan. O‘shanda "Paxtakor" 7:1 hisobida muvaffaqiyatga erishgan. 2005 yilgi bellashuvda esa Anvar Soliev raqib darvozasiga 5 ta to‘p kiritgan! G‘alabalardan 5 tasiga yirik natija bilan erishilgan.

"Paxtakor" o‘z maydonidagi o‘yinlarda ko‘rsatkichlar shunday ko‘rinish olgan: 10 g‘alaba, 3 tadan durang va mag‘lubiyat. Gollar bo‘yicha ustunlik "Paxtakor" foydasiga - 39:19.

O‘zaro o‘yinlar to‘purari Anvar Soliev bo‘lib, u "Lokomotiv" darvozasini 10 marta ishg‘ol qilgan. Server Jeparov hisobida 5, Uche Ixeruome, Stanislav Andreev, Aleksandr Geynrix hisobida 4tadan gol bor. "Loko" safida Marat Bikmaev 5 gol urishga erishgan. Zayniddin Tojiev, Akmal Xolmatov va Temurxo‘ja Abduxoliqov derbilarda har ikki jamoa uchun to‘p kiritgan futbolchilar sanaladi.

"Paxtakor" va "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bugun soat 18:30da "Lokomotiv" stadionida boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!