
Para dzyudo: Nur-Sulton Gran-Prisini 2 ta medal bilan yakunladik
Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida o‘tkazilgan para dzyudo bo‘yicha xalqaro Gran-Pri musobaqasi o‘z yakuniga etdi.
Dunyoning 21 ta davlati ishtirok etgan musobaqada O‘zbekiston para dzyudo terma jamoasi 1 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 7-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, Nur-Sultondagi turnirda J2 klassida erkaklar o‘rtasida -60 kg vazn toifasida Sherzod Namozov oltin, -90 kg vazn toifasida Sharif Halilov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Ta’kidlash kerakki, ushbu Gran-Pri 2024 yil Parij mezbonligida o‘tadigan yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolari berishi bilan yanada ahamiyatlidir.
Fikrlar