Paketa umrbod futboldan chetlatilishi mumkin!

  • 18 iyun, 13:59
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Vest Xem" yarim himoyachisi Lukas Paqeta sportga pul tikgani uchun umrbod diskvalifikatsiya qilinishi mumkin, deya xabar beradi "The Athletic".

Tecno

Manbaga ko‘ra, bu futbolchining aybi isbotlansa sodir bo‘ladi. Sud jarayoni tugagani aytilmoqda, ammo Paqeta keyingi olti hafta ichida rasmiy hukmni kutishi kerak. 27 yoshli futbolchi 2022 yildan buyon “Vest Xem” safida to‘p suradi.

Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi barcha musobaqalarda 36ta o‘yinda ishtirok etib, 5ta gol urgan. Paqetaning "bolg‘achilar" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!