
P4P reytingi yangilandi, Murodjon Ahmadalievning...
BoxRec nashri vazn toifasidan qat’iy nazar eng yaxshi bokschilar reytingini e’lon qildi. Murodjon Ahmadalievning ehtimoliy raqibi peshqadam!
Reytingni ikkinchi eng engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, yaponiyalik Naoya Inoue boshqarib turibdi. U keyingi jangini 24 yanvar kuni Yaponiya poytaxti Tokio shahrida WBO va IBF yo‘nalishlari reytingida birinchi o‘rinni egallab turgan avstraliyalik Sem Gudmanga qarshi ringga chiqadi. Shundan keyin Naoya hamyurtimiz Ahmadalievga qarshi jangda kamarlarini himoya qilishi kerak.
BoxRec P4P reytingi, TOP-10!
1. Naoya Inoue
2. Saul Alvares
3. Jervonta Devis
4. Terens Krouford
5. Artur Beterbiev
6. Junto Nakatani
7. Dmitriy Bivol
8. David Benavides
9. Shakur Stivenson
10. Jeyron Ennis.
Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi ma’lum qildi.
Fikrlar