
O‘zil: "Barselona"da o‘ynashni tasavvur qilardim
Mesut O‘zil nima uchun 2010 yilda "Real"ga o‘tganini aytdi.
Madrid klubi sizni sotib olgan paytni eslaysizmi? Klubdan kim sizga birinchi bo‘lib qo‘ng‘iroq qilgan?
- "Real" va "Barselona" o‘rtasidagi tanlov amalga oshirishga to‘g‘ri kelgan. Pul muhim emasdi. Men o‘sha paytda Madridda ham, Barselonada ham bo‘lganman. Bir qarorga kelishimga sababchi Mourino edi.
- Joze menga VIP-turni taqdim etdi. U meni stadionga olib bordi va "qirollik klubi" qo‘lga kiritgan barcha sovrinlarni ko‘rsatdi.
- Barselonaga tashrif kamroq taassurot o‘yg‘otdi. Pep men bilan uchrashishga ham ulgurmadim. Bu esa hafsalamni pir qildi. Mazkur safar oldidan "Barselona"ning o‘yinlari juda yoqardi va aynan shu klubda o‘ynashni tasavvur qilardim, ammo "Real" mening transferim uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qildi.
Fikrlar