O‘zbekistonning 2017 yildagi eng yaxshi futbolchisi “Bunyodkor”ga o‘tdi (Foto)

  • 24 yanvar, 2018, 10:46
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bunyodkor” ayollar jamoasi o‘z safini mahoratli futbolchi bilan to‘ldirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Tecno

O‘zbekistonda 2017 yilning eng yaxshi ayol futbolchisi deb topilgan Lyudmila Karachik erkin futbolchi sifatida “qaldirg‘ochlar” bilan shartnoma imzoladi.

1994 yilda tavallud topgan futbolchi bungacha Toshkentning “Olimpik”, “Paxtakor”, Qarshining “Sevinch” va Bekobodning “Metallurg” klublari sharafini himoya qilgan. Oxirgi uch mavsumda u to‘purarlar poygasida birinchi bo‘lib kelmoqda. 2015 yilda 66ta gol urib, ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida o‘ziga xos rekord o‘rnatgan bo‘lsa, 2016 va 2017 yilgi mavsumlarda raqiblari darvozalarini 34 va 40tadan ishg‘ol qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!