
O‘zbekistonlik yana bir bokschi finalda
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Bugun yarim final janglari bo‘lib o‘tmoqda.
-63,5 kg vazn toifasida Ruslan Abdullaev armanistonlik Xovanets Bachkov bilan ringga ko‘tariladi.
Bokschilar ringga chiqib keldi. Hamyurtimiz ko‘k formada, uning raqibi qizil libosda harakat qiladi.
Ilk raundda Ruslanning qo‘li baland keldi - 5:0.
Ikkinchi raundda ham vakilimizning ustunligi qayd etildi - 5:0.
Oxirgi raundda Ruslan imkoniyatni boy berib qo‘ydi - 0:5. Yakuniy hisob esa 5:0 Ruslab Abdullaev foydasiga.
Shu tariqa, Ruslan finalga yo‘l oldi. Qolaversa, Abdullaev kamida kumush medali va 100 ming dollar pul mukofotini naqd qildi.
Fikrlar