
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachiga Olimpiada medali beriladi
Kecha Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi ijroiya kengashining videoaloqa shaklida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida “London-2012” Olimpiya o‘yinlarida velosport va og‘ir atletika sport turlaridagi natijalar qayta ko‘rib chiqildi.
Biz uchun ahamiyatli jihati, og‘ir atletika bo‘yicha 105 kg vazn toifasida Olimpiya chempioni Ivan Toroxtiy doping tufayli oltin medaldan mahrum qilingan. Oltin eronlik Navaf Nosirshalalga, kumush polyak Bartolomey Bonkga nasib etdi.
Bronza o‘zbekistonlik Ruslan Nurutdinovga nasib qilishi mumkin edi, ammo 2019 yil may oyida uning Londonda o‘tkazgan natijalari bekor bo‘ldi, o‘zi diskvalifikatsiya qilindi. Dastlabki natijalarga ko‘ra, beshinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan yana bir yurtdoshimiz Ivan Efremov bronza medali sohibiga aylandi.
Ma’lumot uchun: Ivan Efremov 1986 yil 9 mart kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Og‘ir atletika bo‘yicha AQShning Xyuston (2015) va Anaxaym (2017) shaharlarida o‘tkazilgan jahon chempionatlari sovrindori. Osiyo o‘yinlari va Osiyo chempionati sovrindori.
Fikrlar