
O‘zbekistonlik hakamlar Olimpiya o‘yinlari yarim final o‘yinida ishlaydi
Ilgiz Tantashev boshchiligidagi vakillarimiz Olimpiada o‘yinlari yarim final o‘yinida ishlaydi.
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Frantsiya poytaxti Parij shahrida XXXIII yozgi Olimpiada bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqaning futbol sport turi doirasida Marokash Ispaniya uchrashuvida Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlarimiz ish olib boradi. Mazkur bahs 5 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.
Hakamlar:
Ilgiz Tantashev
Andrey Tsapenko
Timur Gaynullin
Fikrlar