
O‘zbekiston U-16 terma jamoasi iordaniyalik tengdoshlari bilan durang qayd etdi
Bugun O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Iordaniyaga qarshi dastlabki o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Islom Ismoilov jamoasi mazkur bahsda durang qayd etdi. Terma jamoamizning goliga Muhammadali Habibullaev mualliflik qildi.
Iordaniya 1:1 O‘zbekiston
Eslatib o‘tamiz, vakillarimiz 4 mart kuni Iordaniyaga qarshi ikkinchi uchrashuvini o‘tkazadi.
Fikrlar