O‘zbekiston terma jamoasi Superliga klublariga qarshi nazorat o‘yinlari o‘tkazadi

  • 10 fevral, 2021, 21:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

U23 Osiyo kubogi saralash bahslariga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi.

Tecno

17 fevralga qadar “Chig‘atoy” stadionida o‘tadigan mashg‘ulotlarga murabbiylar shtabi 26 nafar futbolchini jalb etdi. Ravshan Haydarov murabbiyligi ostidagi yoshlarimiz yig‘in davomida Superliga klublariga qarshi 3 ta nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Dastlab, U22 terma jamoamiz “Andijon” klubi bilan bahs olib boradi. Ikki kun o‘tib esa, ular “Qo‘qon-1912” vakillariga qarshi maydonga tushadi. Yig‘in so‘ngida Superliganing yana bir a’zosi “Metallurg” bilan nazorat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Barcha o‘yinlar “JAR” o‘yingohida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston U22 terma jamoasining nazorat uchrashuvlari

13 fevral | O‘zbekiston U22 – “Andijon”

15 fevral | O‘zbekiston U22 – “Qo‘qon-1912”

17 fevral | O‘zbekiston U22 – “Metallurg”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!