
O‘zbekiston terma jamoasi qatnashadigan chempionatga 18 iyun kuni qur’a tashlanadi
Shu yili Bahraynda bo‘lib o‘tadigan U-16 Osiyo chempionati uchun qur’a tashlash marosimi 18 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur marosim Osiyo Futbol Konfederatsiyasining Kuala-Lumpur shahridagi bosh qarorgohida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Musobaqa yarim finaliga etib borgan jamoalar 2021 yil Peruda tashkil etiladigan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Olim Shokirov murabbiyligi ostidagi O‘zbekistin U-16 terma jamoasi qur’a tashlash jarayonida Xitoy, Qatar va BAA vakillari bilan bir savatdan joy oladi.
Ayni paytda, terma jamoamiz poytaxtimizdagi “Chig‘atoy” bazasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib bormoqda.
U-16 Osiyo chempionati-2020. Qur’a tashlash marosimi – Kuala-Lumpur, Malayziya
18 iyun, soat 11.30 (Toshkent vaqti bilan)
1-savatcha: Bahrayn, Yaponiya, Tojikiston, Janubiy Koreya
2-savatcha: Avstraliya, Shimoliy Koreya, Indoneziya, O‘mon
3-savatcha: Hindiston, Eron, Yaman, Saudiya Arabistoni
4-savatcha: Xitoy, O‘zbekiston, Qatar, BAA
Fikrlar